Kabo-Verde terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionatiga yo‘l oldi
JChda debyutantlar soni ortmoqda.
ФОТО: Getty images
Kabo-Verde terma jamoasi Jahon chempionatiga yo‘l oldi.
Bubishta boshqaruvidagi jamoa JCh-2026 saralashining 10-turida Esvatini terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 23 ochko bilan saralash bosqichini o‘z guruhida birinchi o‘rinda yakunladi.
Shu tariqa, 600 mingga yaqin aholisi bor Kabo-Verde JCh-2026ning 22-ishtirokchisiga aylandi. Bungacha AQSh, Kanada, Meksika, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Eron, Argentina, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Iordaniya, Avstraliya, Braziliya, Ekvador, Urugvay, Kolumbiya, Paragvay, Marokash, Tunis, Misr, Jazoir va Gana yo‘llanmani hal qilgandi.