locale OZ

Kabo-Verde terma jamoasi sardori jo'rlashda gumon qilinmoqda

Hozircha ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarilmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kabo-Verde terma jamoasi sardori jo'rlashda gumon qilinmoqda
Foto: Getty Images

Kabo-Verde terma jamoasi sardori Ryan Mendes bilan bog‘liq jiddiy xabar tarqaldi. Globo ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi 2026-yil mart oyida Yangi Zelandiyada sodir bo‘lgani aytilayotgan zo‘ravonlik ishi bo‘yicha tergov qilinmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Kabo-Verde terma jamoasining Chili bilan o‘rtoqlik uchrashuvi davrida Oklend shahridagi mehmonxonada yuz bergani aytilmoqda. Da’vo qiluvchi tomon — Yangi Zelandiyada istiqomat qiluvchi braziliyalik ayol bo‘lib, u o‘sha vaqtda Kabo-Verde terma jamoasi uchun tarjimon va operatsion yordamchi sifatida ishlagan.

Ayolning bayonotiga ko‘ra, u uchrashuvdan so‘ng mehmonxonadagi xonalardan biriga ish bilan bog‘liq chaqiriq deb o‘ylab borgan. Keyinroq vaziyat ijtimoiy yig‘ilishga aylangani, u o‘zini noqulay his qilgach xonasiga qaytgani aytiladi. Shundan so‘ng, uning iddaosiga ko‘ra, Ryan Mendes xonaga kirib, unga nisbatan zo‘ravonlik qilgan.

Globo xabarida ayol politsiyaga murojaat qilgani, sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tgani va tergov davom etayotgani qayd etilgan. Shuningdek, may oyida jabrlanuvchi tomon Kabo-Verde futbol federatsiyasidan futbolchini Jahon chempionatidan chetlatishni so‘ragani, biroq bu talab rad etilgani aytilmoqda.

Hozircha ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarilmagan. Shu sababli Ryan Mendesga nisbatan ayblovlar tergov doirasida ko‘rib chiqilmoqda va futbolchining aybi sud tomonidan isbotlanmaguncha u aybsizlik prezumpsiyasi huquqiga ega.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting