locale OZ

Kabalero «Manchester Siti»da ish boshlashi mumkin

Sobiq darvozabon "Sautgempton", "Chelsey", "Malaga" va boshqa klublarda ham o'ynagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kabalero «Manchester Siti»da ish boshlashi mumkin
ФОТО: Getty images

Jurnalist va insayder Aleks Krukning so'zlariga ko'ra, "Manchester Siti"ning sobiq darvozaboni Villi Kabalero Enso Mareska jamoani boshqarishga kirishgach, uning murabbiylar shtabiga qo'shiladi.

Kabalero 2014 yildan 2017 yilgacha "Manchester Siti"da o'ynagan va jamoa bilan Angliya Liga Kubogini qo'lga kiritgan. Sobiq darvozabon "Sautgempton", "Chelsey", "Malaga" va boshqa klublarda ham o'ynagan.

O'yinni tugatgandan so'ng, argentinalik futbolchi "Lester Siti" va "Chelsey"da yordamchi murabbiy bo'lib ishlagan.

"Manchester Siti" ayni damda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting