locale OZ

Jyul Kunde faoliyatini «Real»da davom ettirishi mumkin — manba

«Barselona» fransiyalik himoyachini 60-80 million yevroga sotishga tayyor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jyul Kunde faoliyatini «Real»da davom ettirishi mumkin — manba
FOTO: Getty Images

«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Topskills Sports UK nashrining xabar berishicha, futbolchiga Madridning «Real» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

«Barselona» rahbariyati Kundeni jamoaning daxlsiz o‘yinchilaridan biri deb hisoblaydi, biroq klubga 60-80 million yevro atrofida taklif tushsa, «ko‘k-anorranglilar» transfer variantini ko‘rib chiqishga tayyor.

Shuningdek, himoyachi uchun «Chelsi» ham kurashga qo‘shilishi mumkin. Kundenining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda 27 yoshli Kunde klub miqyosida barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting