«Juventus» Yildiz bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Kenanning bozor narxi 75 million yevroni tashkil etadi.
ФОТО: Getty images
"Juventus" klubi vinger Kenan Yildiz bilan hamkorlikni uzaytirishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "keksa sinyora" 20 yoshli vingerga 5 yillik yangi mehnat shartnomasi va 5 million yevro maosh taklif qilishga tayyor. Shuningdek, shartnomada pul bonuslari ham ko'rsatiladi.
Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnomaning amal qilish muddati 2029 yil iyun oyining oxirida yakunlanadi. Kenanning bozor narxi 75 million yevroni tashkil etadi.
Yildiz joriy mavsum 21 ta o'yinda qatnashib, 6 ta gol va 6 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist