«Juventus» Yildiz bilan kelisha olmayapti
Qayd etilishicha, hozirda muzokaralar to'xtatilgan.
ФОТО: Getty images
“Juventus” Kenan Yildiz bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara olib borishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub va futbolchi hali ham 2030 yilgacha uzaytirilishi rejalashtirilgan bitimning maoshi bo‘yicha kelishuvga erisha olishmayapti.
Qayd etilishicha, hozirda muzokaralar to‘xtatilgan.
“Juventus” yangi shartnoma bo‘yicha Yildizga yiliga 6 million yevro to‘lashga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan. Yildiz esa taxminan 7 million yevro talab qilmoqda.
Joriy mavsumda Yildiz A Seriyaning 10 ta o‘yinida 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist