«Juventus» Tonalini A Seriyaga qaytarmoqchi
Photo: Getty Images
"Juventus" "Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonalining transferiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Italiya klubi Morten Hyulmand borasida "Sporting" bilan muzokaralarni yakunlaydi va bor e’tiborini 25 yoshli italiyalikni sotib olishga qaratadi.
Tonali 2024/25 yilgi mavsumda 45 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Nyukasl" bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.
Bahrom Bobonov
Redaktor