«Juventus» Tonali uchun Davidni «Nyukasl»ga berishga tayyor
Uning “Nyukasl” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
“Juventus” klubi “Nyukasl” yarim himoyachisi Sandro Tonalini o‘z safiga qo‘shib olishi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, turinliklar Tonalini avvaliga ijaraga olish, so‘ngra klub Chempionlar ligasiga yo‘llanma olsa majburiy ravishda sotib olish sharti bilan bitim tuzishi mumkin.
Bu kelishuvga “zebralar” hujumchisi Jonatan Davidni qo‘shib berish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Joriy mavsumda Tonali barcha turnirlar doirasida 24 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta golli uzatma qayd etdi. Uning “Nyukasl” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Futbolchining bozor qiymati esa Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra 75 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist