«Juventus» Silva uchun yiliga 8 million yevro maosh taklif qildi
Italiyaning "Juventus" klubi portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silva uchun 2028 yil yozigacha amal qiladigan shartnoma taklif qilishga tayyor. Bu haqda insayder Nikolo Skira ma'lum qilmoqda.
Insayder avval ham turinliklarning futbolchiga qiziqishi haqida xabar bergan edi.
Manbaga ko'ra, Silva uchun taklif qilinayotgan shartnomada yana bir mavsumga — 2029 yil bahorigacha uzaytirish imkoniyati ham nazarda tutilgan.
31 yoshli futbolchining yangi klubdagi yillik maoshi 8 mln yevroni tashkil qiladi. Shundan 2 mln yevro bonus sifatida belgilanadi: 1 mln yevro natijalar uchun va 1 mln yevro "Juventus"ning UEFA Chempionlar ligasiga chiqishi uchun.
Bernardu Silvaning "Manchester City" bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi. Demak, portugaliyalik futbolchi klubni o'z xohishi bilan, kompensatsiya to'lamasdan tark etishi mumkin.