locale OZ

«Juventus» Sebalyosni sotib olmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Juventus» Sebalyosni sotib olmoqchi
ФОТО: Getty images

“Real” yarim himoyachisi Dani Sebalyos faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda TuttoMercatoWeb portali xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 29 yoshli ispaniyalik futbolchiga Turinning “Juventus” klubi qiziqish bildirmoqda.

“Zebrlar” rahbariyati qishki transfer oynasida futbolchini qo'lga kiritishga harakat qiladi.

O'tgan mavsumda Sebalyos 45 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning “qaymoqranglilar” bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portalidagi bozor qiymati esa 10 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting