«Juventus» Matetaga qiziqish bildirmoqda
Crystal Palace hujumchisi Jan-Filipp Mateta faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotiga ko‘ra, fransiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga "Juventus" qiziqish bildirmoqda.
Turin klubi forvardning transferini shu yozda rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, "Juventus" "Paris Saint-Germain" yarim himoyachisi Randal Kolo Muani bilan ham shartnoma imzolamoqchi.
Jan-Filipp Mateta 2022 yilda 11 million yevro evaziga "Mainz"dan "Crystal Palace"ga o‘tgan. Uning ingliz klubi bilan shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.
2025/2026 yilgi mavsumda hujumchi "Crystal Palace" safida barcha turnirlarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Matetaning narxini 35 million yevroga baholamoqda.