«Juventus» Ademolani sotib olmoqchi
Bu haqda Tuttosport xabar berdi.
ФОТО: Getty images
"Juventus" jamoasi rahbariyati "Atalanta"dan nigeriyalik hujumchi Ademola Lukmanni safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Tuttosport xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Turin klubi vakillari qishki transfer oynasida 27 yoshli nigeriyalik futbolchining transferi borasida "Atalanta" bilan muzokara olib borishga harakat qiladi. "Juventus" Lukmanni serbiyalik hujumchi Dushan Vlahovichga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ademola Lukman o‘tgan mavsum "Atalanta" tarkibida Italiya chempionatida 31 o‘yin o‘tkazib, 15 ta to‘p kiritgan hamda 5 ta golga assistentlik qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist