Julio Cesar: «Surxon» bilan boʻladigan uchrashuvda gʻalaba qozonib, ishqibozlarga quvonch ulashish niyatidamiz»
Oʻzbekiston Superligasining 21-turidan oʻrin olgan “Navbahor” – “Surxon” jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv arafasida "lochinar"ning braziliyalik 28 yoshli tajribali himoyachisi Julio Cesar boʻlajak bellashuv haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
"Bu safargi raqibimiz “Surxon” tarkibi asosan iqtidorli yosh futbolchilardan tashkil topgan va termizliklar yaxshi oʻyin namoyish etishyapti. Shu bois, boʻlajak bahsning keskin hamda murosasiz kurashlar ostida, tomoshabop kechishi ehtimoli yuqori. Avvalgi oʻyinlarda omadsizlikka uchrab, muxlislarni ranjitib qoʻydik. Shu sababli “Surxon” bilan boʻladigan uchrashuvda gʻalaba qozonib, ishqibozlarga quvonch ulashish niyatidamiz va buni amalga oshirish uchun maydonda barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.
Ishqibozlardan esa jamoamizni yolgʻizlatib qoʻymasliklari, stadionda munosib tarzda qoʻllab-quvvatlab turishlarini soʻrayman", - dedi Julio Cesar.