locale OZ

Jud Bellingemning jarohati kutilganidan jiddiyroq boʻlib chiqdi

«Real» yarimhimoyachisi aprel oyigacha maydonga tusha olmasligi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jud Bellingemning jarohati kutilganidan jiddiyroq boʻlib chiqdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Jud Bellingem kutilganidan ko‘ra uzoqroq muddatni lazaretda o‘tkazadigan bo‘ldi. Jurnalist Ramon Alvares de Monning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berishicha, angliyalik yulduz maydonga faqat aprel oyi yaqinlashgandagina qaytishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Bellingem «Rayo Valyekano»ga qarshi bahsda sonining orqa mushagidan jarohat olgan edi. Avvalroq uning tiklanishi uchun bir oy muddat kifoya qilishi aytilgandi. Biroq so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jarohat kutilganidan ancha og‘irroq bo‘lib chiqishi va futbolchi ikki oygacha safdan chiqishi mumkin.

Joriy mavsumda Bellingem barcha musobaqalarda 28 ta uchrashuvda ishtirok etib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali 22 yoshli yarim himoyachining bozor qiymatini 160 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting