locale OZ

Jud Bellingem ketma-ket ikkinchi yil Angliyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

23 yoshli futbolchi ushbu sovrinni ketma-ket ikkinchi yil qo‘lga kiritdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jud Bellingem ketma-ket ikkinchi yil Angliyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Foto: Getty Images

“Real Madrid” yarim himoyachisi Jud Bellingem Angliya erkaklar terma jamoasining 2025/26-yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 23 yoshli futbolchi ushbu sovrinni ketma-ket ikkinchi yil qo‘lga kiritdi. G‘olib Angliya terma jamoasi muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra aniqlandi.

Bellingem 2025/26-yilgi mavsum davomida Angliya terma jamoasi safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 1 ta assist qayd etdi. Yarim himoyachi milliy jamoaning JCh-2026dagi muvaffaqiyatli yurishida ham asosiy futbolchilardan biri bo‘ldi.

JCh-2026da Bellingem 7 ta gol urib, Angliyaning turnirdagi eng yaxshi to‘purariga aylandi. Tomas Tuxel boshchiligidagi jamoa mundialni uchinchi o‘rinda yakunladi, Bellingem esa FIFA tomonidan tuzilgan turnir ramziy terma jamoasidan ham joy oldi.

Ma’lumot uchun, Bellingem ushbu sovrinni ilk bor 2024/25-yilgi mavsum yakunida qo‘lga kiritgan edi. O‘sha ovoz berishda Deklan Rays ikkinchi, Harri Keyn esa uchinchi o‘rinni egallagan. Bellingem, shuningdek, Angliyadan tashqaridagi klub safida to‘p tepib turib ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan tarixdagi ikkinchi futbolchi bo‘lgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting