Jud Bellingem — dunyoning eng qimmat yarimhimoyachisi
Transfermarkt oʻziga xos statistikani taqdim etdi.
FOTO: Getty Images
Transfermarkt portali jahonning eng qimmat yarimhimoyachilari reytingini tuzdi.
Manbaga ko‘ra, futbol tarixidagi eng qimmat yarimhimoyachi nomi Madridning «Real» klubi va Angliya terma jamoasi futbolchisi Jud Bellingemga nasib etgan. «Los Blankos» 22 yoshli yarimhimoyachining qiymati 160 mln yevroga baholangan.
Reytingda ikkinchi o‘rinni 23 yoshli ispan futbolchisi Pedri («Barselona») egallagan — uning transfer qiymati 140 mln yevro. Eng qimmat yarimhimoyachilar uchligini esa Myunxenning «Bavariya» klubidan 22 yoshli Jamal Musiala yakunlaydi — 130 mln yevro.
Keyingi o‘rinda esa darhol uch nafar futbolchi turibdi, har biri 120 mln yevro transfer qiymatiga ega: Koul Palmer («Chelsi»), Deklan Rays («Arsenal») va Federiko Valverde («Real»).
Nasrullo Karimov
Jurnalist