Jud Bellingem Angliya terma jamoasi safida tarixiy natija qayd etdi
22 yoshli futbolchi terma jamoa safida 50 ta oʻyinda maydonga tushdi.
FOTO: Getty Images
Angliya milliy terma jamoasi yarimhimoyachisi Jud Bellingem JCh-2026 guruh bosqichi doirasida Gana terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Mazkur bahs futbolchi uchun milliy jamoa safidagi 50-uchrashuv bo‘ldi.
Shu tariqa Bellingem Angliya terma jamoasi tarixida 50 ta o‘yinlik marraga yetgan eng yosh futbolchiga aylandi. U ushbu natijaga 22 yosh 359 kunligida erishdi.
Avval mazkur ko‘rsatkich Ueyn Runiga tegishli edi. Bellingem esa ushbu rekordni yangilab, Angliya futboli tarixidan yana bir bor o‘rin oldi.
So‘nggi yillarda klub miqyosida ham, milliy terma jamoa safida ham barqaror o‘yin namoyish etib kelayotgan Bellingem Angliya terma jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist