locale OZ

Juan Kruz Gill — «Neftchi» murabbiylar shtabida

42 yoshli mutaxassis futbolchilik faoliyati davomida Argentina, Chili, Kipr, Venesuela va Malta klublarida to‘p surgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Juan Kruz Gill — «Neftchi» murabbiylar shtabida
ФОТО: Getty images

Argentina futbol maktabi vakili, tajribali mutaxassis Juan Cruz Gill endilikda “Neftchi” jamoasi murabbiylar shtabiga qo‘shildi va jamoa bosh murabbiy Islombek Ismoilovga yordamchi sifatida faoliyat olib boradi. U jamoaning mashg‘ulot jarayonlari, taktik tayyorgarlik, futbolchilarning individual rivoji hamda analitik ishlarda bosh murabbiyga yaqindan yordam beradi.

42 yoshli argentinalik mutaxassis futbolchilik faoliyati davomida Argentina, Chili, Kipr, Venesuela va Malta klublarida to‘p surgan. Himoyachi sifatida maydonda katta tajriba orttirgan Juan Kruz Gill ayniqsa Maltaning mashhur klublaridan biri — Valletta safida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, bir nechta sovrinlarni qo‘lga kiritgan. U futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylikka o‘tib, professional faoliyatini yordamchi murabbiy sifatida davom ettirdi.

Juan Cruz Gill murabbiylik faoliyatida CONMEBOL PRO License va UEFA A License darajasidagi litsenziyalarga ega bo‘lib, zamonaviy futbol metodikasi, taktik tahlil va mashg‘ulot jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. So‘nggi yillarda u Janubiy Amerika futbolida faol ishlab, professional jamoalar murabbiylar shtabida faoliyat olib bordi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting