Joze Mourinyu yana APLga qaytishi mumkin — manba
Portugaliyalik mutaxassis hozirda «Benfika» jamoasini boshqarmoqda.
FOTO: Getty Images
«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu faoliyatini «Nyukasl»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, «zag‘izg‘onlar»ning saudiyalik xo‘jayinlari portugaliyalik mutaxassisni yuqori baholashadi va agar jamoaning amaldagi ustozi Eddi Xau klubni tark etsa, u bilan hamkorlik qilish niyatidalar.
Shuningdek, Angliya klubining qisqa ro‘yxatidan Qatarning «Al Sadd» klubi murabbiyi Roberto Manchini ham o‘rin olgan.
Joriy mavsum yakunida «Bornmut»dan ketadigan Andoni Iraolaning ham Tayn-end-Uir grafligi jamoasini boshqarish imkoniyatlari mavjud.
Hozirgi vaqtda «Nyukasl» 42 ochko bilan APL turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist