locale OZ

Joze Mourinyu «Real»ga «Arsenal» himoyachisini olib kelmoqchi

Avvalroq portugaliyalik mutaxassis Madrid klubi bosh murabbiyiga aylanishi mumkinligi xabar qilingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Joze Mourinyu «Real»ga «Arsenal» himoyachisini olib kelmoqchi
FOTO: Getty Images

Yaqin orada «Real»ga bosh murabbiy etib tayinlanishi kutilayotgan Joze Mourinyu klub rahbariyati oldiga birinchi transfer vazifasini qo‘ydi — portugaliyalik mutaxassis «Arsenal» himoyachisi Rikkardo Kalafiorini sotib olishni so‘radi. Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mon ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Mourinyuni futbolchining universalligi hayratda qoldirgan — Kalafiori ham himoya markazida, ham chap qanotda birdek harakat qila oladi.

Ortda qolgan mavsumda futbolchi «Arsenal» safida barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 55 million yevroni tashkil qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting