locale OZ

Joze Mourinyu «Real»dagi ichki inqirozni bartaraf etish uchun ortga qaytishga tayyor — Romano

Portugaliyalik mutaxassis 2010 yildan 2013 yilga qadar ispan klubini boshqargan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Joze Mourinyu «Real»dagi ichki inqirozni bartaraf etish uchun ortga qaytishga tayyor — Romano
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu «qaymoqranglilar» lageridagi barcha qiyinchiliklarga qaramay, «qirollik klubi»ga qaytishga tayyorligini bildirdi. Ayni damda u Portugaliyaning «Benfika» klubini boshqarmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Madrid jamoasi ichida klub har qachongidan ham jipslashishga muhtoj degan ishonch ortib bormoqda. «Real» rahbariyati Mourinyoni ushbu ahillikni qayta tiklashga qodir mutaxassis sifatida ko‘rmoqda.

Avvalroq bir qator OAVda bugungi mashg‘ulotdan so‘ng jamoa kiyinish xonasida yarim himoyachilar Federiko Valverde va Aurelian Tchuameni o‘rtasida mushtlashuv yuz bergani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu nizo oqibatida urugvaylik futbolchi polga yiqilib, boshi bilan stolga urilgan va jarohat olib, shifoxonaga yuborilgan.

Ma’lumot uchun, portugaliyalik mutaxassis 2010 yildan 2013 yilga qadar Ispaniya grandini boshqargan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting