locale OZ

Joze Mourinyu: «Portugaliya Jahon chempionligini qo‘lga kiritishi mumkin»

«Benfika» bosh murabbiyi JCh-2026 favoritlari haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Joze Mourinyu: «Portugaliya Jahon chempionligini qo‘lga kiritishi mumkin»
FOTO: Getty Images

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu Portugaliya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi imkoniyatlarini baholadi va turnirning boshqa favoritlari nomini aytdi.

— Portugaliya terma jamoasi jahon chempionatida qanchalik uzoqqa bora oladi?

— Portugaliya har qanday natijaga qodir. Ularda aql bovar qilmaydigan avlod shakllangan, bir yil avval Millatlar ligasida g‘olib chiqishdi. 2016 yili ular Yevropa chempioni bo‘lishgan edi, hozirgi avlod esa texnik jihatdan o‘shandan ham ustunroq. Albatta, Karlo Anchelotti boshchiligidagi Braziliya va Argentina ham bor, biroq Portugaliya ushbu jahon chempionatida g‘olib chiqishi mumkin — deya Mourinyoning so‘zlarini keltirmoqda La Gazzetta dello Sport.

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting