locale OZ

Joze Mourinyu: «Krishtianu Ronaldusiz Portugaliya — oddiy jamoa»

«Benfika» bosh murabbiyi Ronalduning terma jamoa yigʻinida yoʻqligiga munosabat bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Joze Mourinyu: «Krishtianu Ronaldusiz Portugaliya — oddiy jamoa»
FOTO: Getty Images

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu Portugaliya terma jamoasining Meksikaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidagi (0:0) o‘yini haqida to‘xtalib o‘tdi va hujumchi Krishtianu Ronalduning yo‘qligiga munosabat bildirdi.

«Krishtianu Ronalduni olib tashlang — shunda Portugaliya har qanday oddiy jamoadek ko‘rinadi. Odamlar doim uni tarkibga chaqirmaslikni so‘rashadi. Mana, bugun u o‘ynamadi va natijani ko‘rdingiz. Na bir xavf bor, na raqibda qo‘rquv. Shunchaki Meksika bosimi ostida qolgan jamoa. Ronaldu maydonda bo‘lganida, raqiblar ikki marta o‘ylashadi. Usiz esa ular umuman o‘ylamay qo‘yishadi», — deya Mourinyuning so‘zlarini keltirmoqda Goal.com.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu tizzasidagi jarohat sababli terma jamoaning o‘rtoqlik uchrashuvlari qaydnomasiga kiritilmadi. Joriy mavsumda forvard barcha turnirlar doirasida 31 ta o‘yinda ishtirok etib, 27 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting