locale OZ

Joze Mourinyu irqchilik mojarosi haqida: «Men har ikki tomonni tingladim va xolis qolmoqchiman»

«Benfika» bosh murabbiyi Vinisius bilan sodir boʻlgan holat haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Joze Mourinyu irqchilik mojarosi haqida: «Men har ikki tomonni tingladim va xolis qolmoqchiman»
FOTO: Getty Images

Lissabonning «Benfika» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi doirasidagi «Real»ga qarshi bahsda (0:1) yuz bergan irqchilik mojarosi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

«Nima haqda afsuslanishim kerak? Men har ikki tomonni tingladim. Vinisius bir narsani da’vo qilmoqda, Prestianni esa — mutlaqo boshqa narsani. Men uchun xolislikni saqlash muhim va biron-bir tomonning yonini olish niyatim yo‘q. Ushbu epizodgacha biz yaxshi futbol ko‘rayotgan edik: «Benfika» faol start oldi, raqiblar esa birinchi bo‘limning ikkinchi yarmiga kelib xarakter ko‘rsata boshlashdi», — deya Mourinyuning so‘zlarini keltirmoqda Marca.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning ikkinchi bo‘limida «qirollik klubi» hujumchisi Vinisius Junior «Benfika» yarimhimoyachisi Janluka Prestiannini uni «maymun» deb haqorat qilganlikda ayblaganidan so‘ng o‘yin to‘xtatilgan edi. Futbolchilar o‘sha vaziyatda yuzlarini qo‘llari va liboslari bilan yopib olganlari sababli, hujumchining nima deganini tekshirish qiyinchilik tug‘dirmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting