Joze Mourinyu faoliyatidagi eng qiyin qarorini aytdi
«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu murabbiylik faoliyati davomidagi eng qiyin qarori haqidagi savolga javob berdi.
— Murabbiy sifatida qabul qilgan eng qiyin qaroringiz qaysi?
— «Inter»dan ketish.
— Bugun ham shu qarorni qabul qilgan bo‘larmidingiz?
— Ha, chunki men o‘shanda «Inter» bilan o‘sha mavsumning o‘zida Skudetto va Italiya kubogini qo‘lga kiritib, ketidan Chempionlar Ligasida ham zafar quchgan edim. Bu haqiqatda juda qiyin bo‘lgan, ammo keyin Madridning «Real» klubiga o‘tganman — deya Mourinyoning so‘zlarini keltirmoqda La Gazzetta dello Sport.
Ma’lumot uchun, Mourinyu boshqaruvida Milanning «Inter» jamoasi ikki bor Italiya A Seriyasida g‘olib chiqqan, shuningdek, Chempionlar Ligasi, Italiya Kubogi va Superkubogida g‘alaba qozongan.