locale OZ

Joze Mourinyu boshqaruvidagi «Benfika» mavsumni magʻlubiyatsiz yakunlagan Yevropadagi yagona jamoa boʻldi

Lissabonliklar joriy mavsum 23 ta gʻalaba va 11 ta durang qayd etishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Joze Mourinyu boshqaruvidagi «Benfika» mavsumni magʻlubiyatsiz yakunlagan Yevropadagi yagona jamoa boʻldi
FOTO: Getty Images

Portugaliya chempionatining soʻnggi turida Lissabonning «Benfika» klubi safarda «Eshtoril» jamoasini 3:1 hisobida magʻlub etdi. Ushbu uchrashuv «burgutlar» uchun oʻziga xos tarixiy natija bilan yakunlandi.

Bosh murabbiy Joze Mourinyu qoʻl ostida «Benfika» joriy mavsum ichki chempionatda oʻtkazilgan 34 ta oʻyinning birortasida ham magʻlubiyat alamini totib koʻrmadi. Lissabonliklar mavsum davomida 23 ta gʻalaba va 11 ta durang qayd etishdi. Eʼtiborlisi, 2025/2026 yilgi mavsumda Yevropaning boshqa hech bir klubi oʻz ichki chempionatini magʻlubiyatsiz yakunlay olmadi.

Shunday boʻlsa-da, koʻplab duranglar sababli «Benfika» 80 ochko bilan yakuniy turnir jadvalida faqatgina uchinchi oʻrinni egalladi. Chempionlikni qoʻlga kiritgan «Portu» (88 ochko) lissabonliklardan 8 ochkoga oʻzib ketdi.

Avvalroq OAVda Joze Mourinyoning «Benfika»dan ketishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, portugaliyalik tajribali mutaxassis Madridning «Real» klubi bosh murabbiyligiga qaytishga yaqin turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting