Joze Mourinyo Portugaliya terma jamoasini boshqarishi mumkin
Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Portugaliya futbol federatsiyasi bilan uni terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlash borasida dastlabki kelishuvga erishdi. Bu haqda HT Spor nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Mourinyo iyun oyida bo'lib o'tadigan Millatlar Ligasining yakuniy turnirdan keyin terma jamoani boshqarishi mumkin.
Portugaliya terma jamoasini hozirda Roberto Martines boshqarmoqda. Mourinyo esa o'tgan yozdan beri “Fenerbaxche”da ishlab kelmoqda va uning amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi.
Ma'lumot uchun, Joze hozirga qadar “Portu”, “Chelsi”, “Inter”, “Real”, “Manchester Yunayted”, “Tottenhem” va “Roma” kabi jamoalarni ham boshqargan. 62 yoshli mutaxassis hech qachon terma jamoalar bilan ishlamagan.