Joze Mourinyo alamini oldi
Xabaringiz bor, portugaliyalik noodatiy harakterga ega murabbiy Joze Mourinyo Londonning “Tottenxem” klubida ishlagan va “shporlar” rahbariyati Yevropa ligasi final uchrashuvi oldidan alamli tarzda mutaxassisga chiqish eshiklarini ko'rsatib qo'ygan edi.

“Special one” ayni paytda Turkiyaning “Fenerbaxche” klubida faoliyat yuritmoqda.

“Tottenxem” o'z agentlarini yakshanba oqshomida bo'lib o'tgan o'yinda turklarning yosh iqtidor egasi Yusuf Akchichekni yaqindan kuzatish uchun jo'natgan edi.

“Shporlar” futbolchini yozgi transferlar vaqtida o'z jamoasiga qo'shib olish harakatini boshlab yuborgan.

Ammo, Mourinyo bu xabarni eshitgandan keyin, yosh himoyachini butun o'yin davomida zahirada ushlab o'tirishga qaror qilgan va shu orqali qaysidir ma'noda o'tmishdagi ishlar uchun biroz bo'lsada alamini ola bildi.