Joze Mourino «Real»ga qaytganidan keyingi ilk rasmiy o‘yini oldidan bosim his qilmayotganini tan oldi
22 avgust kuni «Real» La Liga doirasida safarda «Espanol»ga qarshi maydonga tushadi.
photo: gettyimages
Joze Mourinyu «Real»ga qaytganidan keyingi ilk rasmiy o‘yini oldidan bosim his qilmayotganini tan oldi.
22 avgust kuni «Real» La Liga doirasida safarda «Espanol»ga qarshi maydonga tushadi.
«Men buni bosim deb atamagan bo‘lardim. Bu ko‘proq adrenalin. Bu yaxshi tuyg‘u. Agar menda bu his bo‘lmasa, demak, nimadir joyida emas. Debyut yoki boshqa har qanday o‘yin oldidan bosim his qilmayman.
Bajargan ishimizga juda ishonaman. Futbolchilarning ambitsiyalariga, ularning xarakteriga va namoyish etayotgan ishtiyoqiga ishonchim komil. Bu qiyin o‘yin, ammo ertaga biz uch ochko bilan qaytishimizga qattiq ishongan holda maydonga tushamiz», – dedi «Real» bosh murabbiyi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor