locale OZ

Joze Mourino: «Men hech narsa o‘qimayman — na gazetalarni, na boshqa narsani»

12 sentyabr kuni Madrid klubi o‘z maydonida «Rayo Valekano»ni qabul qiladi.
Joze Mourino: «Men hech narsa o‘qimayman — na gazetalarni, na boshqa narsani»
photo: gettyimages

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyu Madrid klubiga nisbatan bildirilayotgan tanqidlar haqida fikr bildirib, OAVdagi materiallarni o‘qimasligini aytdi.

«Men hech narsa o‘qimayman — na gazetalarni, na boshqa narsani. Ammo ular juda tirishqoq: har kuni bu yerga kelishimdan oldin sizlar yozgan materiallardan butun bir «Bibliya»ni olib kelishadi (kuladi).

Hushtaklar jamoaviy ruhni o‘zgartirmaydi. Albatta, bizda birdamlik va o‘zaro tushunish bor, bu esa bizga qo‘shimcha ustunlik beradi. Biz o‘z ishimizni davom ettiramiz», — deya Mourinyuning so‘zlarini Marca keltirdi.

«Real» Ispaniya chempionatining dastlabki to‘rt turidan keyin 9 ochko jamg‘argan.

12 sentyabr kuni Madrid klubi o‘z maydonida «Rayo Valekano»ni qabul qiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting