Jorjinyo Braziliya klubiga o'tmoqda — Romano
Photo: Getty Images
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Jorjinyo faoliyatini "Flamengo"da davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Qayd etilishicha, 33 yoshli italiyalik futbolchi erkin agent sifatida Braziliya klubiga o'tadi. Tomonlar uch yillik shartnomaga kelishib oldilar. Transfer iyul oyi boshida, futbolchining "kanonirlar" bilan amaldagi shartnomasi yakuniga yetganda amalga oshiriladi.
Ma'lumot uchun, Jorjinyo 2023 yilning yanvarida "Arsenal"ga ko'chib o'tgan. U avval "Chelsi"da to'rt yarim yil o'ynagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist