locale OZ

Joriy yilning 18-20 iyun kunlari Samarqand viloyatida Kurash bo'yicha faxriylar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tadi

Bugun ushbu musobaqa oldidan Samarqand shahridagi Sportning Yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida mandat komissiyasining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Joriy yilning 18-20 iyun kunlari Samarqand viloyatida Kurash bo'yicha faxriylar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tadi
photo: Kurash Uzbekistan

Joriy yilning 18-20 iyun kunlari Samarqand viloyatida Kurash bo'yicha faxriylar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tadi.

Bugun ushbu musobaqa oldidan Samarqand shahridagi Sportning Yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida mandat komissiyasining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Mandat komissiyasi yig’ilishida so’zga chiqqan O'zbekiston kurash federatsiyasi Bosh kotibi Alisher Eshonqulov ushbu musobaqa nufuzi yildan-yilga oshib borayotganini ta'kidladi. Hakamlar hay’ati raisi Hikmat Qurtov mazkur musobaqani o’tkazishda barcha hakamlar bellashuvlarni halol boshqarib borishi, kurash qoidalariga amal qilish ustuvor masala ekanligini ta’kidladi.

Yig’ilishda shuningdek, Samarqand viloyati kurash federatsiyasi ijrochi direktori Ibragim Karimov ham so’zga chiqib barchaga ushbu musobaqada g’alaba va omad yor bo’lishini tiladi.

Musobaqa oldidan kurashchilarning vazn o’lchash hamda qur’a tashlash jarayonlari ham bo’lib o’tdi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting