Jordi Alba: «Messi — tarixdagi eng yaxshi futbolchi»
Lionel Messi joriy mavsumda MLSda o‘zining 15-goli va 10-assistini qayd etdi.
ФОТО: Getty images
“Inter Mayami” himoyachisi Jordi Alba yana bir bor jamoadoshi Lionel Messini futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi deb atadi.
“Messi shunday holatda bo‘lganida butun jamoani ruhlantiradi. U bilan 12 yil birga o‘ynaganman. Har safar bir narsani aytaman. Messi shubhasiz tarixdagi eng yaxshi futbolchi”, — dedi Alba.
Lionel Messi joriy mavsumda MLSda o‘zining 15-goli va 10-assistini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, bu futbolchilar ilgari “Barselona”da birga o‘ynagan. Alba mavsum yakunida faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist