locale OZ

Jordan Pikford ehtiyotsiz avtomobil boshqarganini tan oldi

Hodisa 14-aprel kuni Cheshir grafligining Knutsford shahrida yuz bergan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jordan Pikford ehtiyotsiz avtomobil boshqarganini tan oldi
Foto: Getty Images

“Everton” va Angliya terma jamoasi darvozaboni Jordan Pikford yo‘l harakati qoidalarini buzib, ehtiyotsiz avtomobil boshqarganlik aybini tan oldi. Hodisa 14-aprel kuni Cheshir grafligining Knutsford shahrida yuz bergan: Pikford “Lamborghini Urus” avtomobilida “yo‘l bering” belgisiga amal qilmagan va ikki mashina keskin tormoz berishga majbur bo‘lgan. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, voqeadan keyin Pikford katta tezlikda harakatni davom ettirgan, politsiya esa uni ta’qib qilib, to‘xtatgan. Futbolchi aybini yozma ravishda tan olgan va sud majlisida shaxsan qatnashib, vaziyat bo‘yicha o‘z izohlarini taqdim etishni so‘ragan.

Ish dastlab soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilgan, biroq Pikford sudda qatnashish istagini bildirgani sabab yakuniy majlis 7-dekabrga ko‘chirildi. Sud Chestr magistratlar sudida bo‘lib o‘tadi. Futbolchiga avtomobilni yetarlicha ehtiyotkorlik va e’tiborsiz boshqarganlik bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Jordan Pikford “Everton” safida hozirgacha 336 ta uchrashuv o‘tkazgan, Angliya terma jamoasi hisobida esa 92 ta o‘yin mavjud. U terma jamoa bilan 2018, 2022 va 2026-yilgi Jahon chempionatlarida qatnashgan, shuningdek, Yevro-2020 va Yevro-2024 finallarida Angliya darvozasini qo‘riqlagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting