Jons «Liverpul»dan ketishga tayyor
Unga "Aston Villa" qiziqmoqda.
ФОТО: Getty images
“Liverpul” yarim himoyachisi Kertis Jons klubdagi o‘rnidan norozi va yozgi transfer oynasida jamoani tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchini hozirgi ikkinchi darajali roli qoniqtirmayapti. U asosiy figura bo‘lishi mumkin bo‘lgan jamoaga o‘tishni istamoqda.
Hozirda Jonsga “Aston Villa” qiziqish bildirmoqda, degan xabarlar tarqalgan edi. Biroq bu hozircha o‘z tasdig‘ini topmagan.
Ma’lumot uchun, Kertis joriy mavsum APLda 29 ta bahsda maydonga tushib, 1 gol urgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist