locale OZ

Jonni Kardozo operatsiya qilinadi

AQSH terma jamoasi a’zosi JCH-2026'ni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jonni Kardozo operatsiya qilinadi
FOTO: Getty Images

«Atletiko Madrid» va AQSH terma jamoasi yarimhimoyachisi Jonni Kardozo o‘ng oyoq to‘pig‘idan olgan jarohati sababli operatsiya qilinadi. Bu haqda Madrid klubining rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Kardozo o‘tgan haftada «matraschilar»ning mashg‘uloti davomida jarohat olgan edi. 24 yoshli xavbekda «bo‘g‘imning shikastlanishi bilan kuzatilgan jiddiy bog‘lamlar cho‘zilishi» tashxisi qo‘yildi. Yaqin vaqt ichida futbolchi jarrohlik amaliyotini o‘taydi.

Ispaniya OAVlarining ma’lumotlariga ko‘ra, Kardozoning tiklanish jarayoni 3 oydan 6 oygacha davom etishi mumkin. Shu tariqa, futbolchi joriy yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan JCH-2026ni o‘tkazib yuborishi ehtimoli yuqori.

Eslatib o‘tamiz, turnirning guruh bosqichida AQSH terma jamoasi Turkiya, Paragvay va Avstraliya termalariga qarshi bahs olib boradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting