locale OZ

Jonatan Ta: Turnirni ajoyib tarzda boshladik

U "Oklend"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jonatan Ta: Turnirni ajoyib tarzda boshladik
Photo: Getty Images

"Bavariya" klubining yangi a’zosi Jonatan Ta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasidagi "Oklend Siti"ga qarshi o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozongani haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya chempioni raqibini 10:0 hisobida taslim etdi.

"Turnirni ajoyib tarzda boshladik. Ba’zi vaziyatlarda yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi, lekin umuman olganda, hammasidan mamnunmiz. Raqibga hurmat ko‘rsatgan holda, keyingi o‘yinlarda ancha qiyin bo‘lishini tushunamiz. "Bavariya" bu o‘yinlarga tayyor," deya himoyachining so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Klublar o‘rtasidagi JCH guruh bosqichining navbatdagi uchrashuvini Vensan Kompani shogirdlari Argentinaning "Boka Xuniors" klubiga qarshi 21 iyun kuni o‘tkazadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting