locale OZ

Jon van ’t Ship Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Mutaxassisning so‘nggi ish joyi Armaniston terma jamoasi bo‘lgan.
Jon van ’t Ship Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Foto: Getty Images

Niderlandiyalik mutaxassis Jon van ’t Ship Qozog‘iston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Qozog‘iston futbol federatsiyasi 62 yoshli murabbiyning tayinlanganini rasman e’lon qildi. Van ’t Ship ushbu lavozimda Talgat Baysufinov o‘rnini egalladi.

Mutaxassisning so‘nggi ish joyi Armaniston terma jamoasi bo‘lgan. U avvalroq Amsterdamning “Ayaks” klubida ham faoliyat olib borgan. Van ’t Ship 2025-yil yozida Armaniston terma jamoasini tark etganidan so‘ng qariyb bir yil davomida murabbiylik qilmagan.

Baysufinov boshchiligidagi Qozog‘iston terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Belgiya, Uels, Shimoliy Makedoniya va Lixtenshteyn bilan bir guruhda qatnashib, to‘rtinchi o‘rinni egallagan va mundial yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan.

Qozog‘iston terma jamoasining navbatdagi rasmiy turniri UEFA Millatlar ligasining C divizioni bo‘ladi. Jamoa sentyabr oyida Farer orollari, Moldova va Slovakiya bilan bir guruhda bahslarga kirishadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting