Jon Terri Angliyaning toʻrtinchi divizon klubini sotib olishi mumkin
«Chelsi» va Angliya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Jon Terri Angliya Liga 2 (to‘rtinchi divizion) ishtirokchisi «Kolchester Yunayted» klubining bir qism aktsiyalarini sotib olishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, bitim qiymati 14 million funtni tashkil etadi va xaridda konsortsium ham ishtirok etadi. Qayd etilishicha, sobiq futbolchi klubni boshqarish doirasidagi strategik qarorlar qabul qilinishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Xabarlarga ko‘ra, Terri Angliya professional futbolining quyi bo‘g‘inidagi jamoani rivojlantirish imkoniyatiga katta qiziqish bildirmoqda va Esseks klubining mashg‘ulot majmuasiga allaqachon bir necha bor tashrif buyurgan.
Hozirgi vaqtda «Kolchester Yunayted» Liga 2 turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.