Jon Stouns mavsum oxirida «Man Siti»ni tark etadi — Romano
31 yoshli himoyachining «shaharliklar» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.
FOTO: Getty Images
«Manchester Siti» himoyachisi Jon Stouns yozgi transfer oynasida ingliz klubini erkin agent sifatida tark etadi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar bermoqda.
31 yoshli himoyachi joriy mavsum yakunida jamoasiga sovrinlar uchun kurashda yordam berishni, shundan so‘ng esa klubdan ketishni rejalashtirgan.
Stouns joriy mavsumda klub safida barcha turnirlar doirasida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va samarali harakatlar bilan ajralib turmadi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘yinchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist