Jon Stouns «Everton»ga qaytishi mumkin
Muzokaralar ham allaqachon boshlangan.
ФОТО: Getty images
Football Insider xabarlariga ko‘ra, «Manchester Siti» himoyachisi Jon Stouns 31 yoshida «Everton»ga qaytishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi joriy mavsum yakunlangach «shaharliklar» safini tark etadi. Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «irislar» klubi Stounsning sensatsion qaytishini ko‘rib chiqmoqda va muzokaralar ham allaqachon boshlangan.
Stouns avval ham «Everton»da faoliyat yuritgan: 2013–2016 yillarda u ushbu jamoa safida o‘ynagan edi. «Manchester Siti» ham aynan shundan so‘ng uni 55 million yevrodan ziyodga sotib olgan.
Joriy mavsumda Stouns barcha turnirlarda 16 ta uchrashuvda ishtirok etdi, ammo gol yoki assist qayd etmadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist