Jon Jonsga Chechenistonda qimmatbaho soat sovgʻa qilindi
UFC’da og‘ir va yarimog‘ir vazn toifalarida sobiq ikki karra chempion bo‘lgan Jon Jons Chechenistonga tashrifi haqida taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. U yerda mashhur jangchi respublika rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li — Adam Qodirovning tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etgan.
«Menga juda chiroyli soat sovg‘a qilishdi, umuman olganda esa safar unutilmas xotiralar qoldirdi. Men ham o‘z navbatida Adamga chiroyli brilliant marjon taqdim etdim. Hammasi juda qiziqarli va quvnoq o‘tdi. Ajoyib vaqt bo‘ldi», — dedi Jons Red Corner MMA YouTube-kanaliga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Jon Jons aralash jang san’atlaridagi faoliyati davomida jami 28 ta g‘alabaga erishgan bo‘lib, ularning 11 tasi nokaut bilan yakunlangan. Uning hisobida bitta mag‘lubiyat ham bor.