locale OZ

Jon Duran faoliyatini Portugaliyada davom ettiradi - Romano

22 yoshli hujumchi 2025-yilda "Aston Villa"dan "Al-Nassr"ga ko‘chib o‘tgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jon Duran faoliyatini Portugaliyada davom ettiradi - Romano
Foto: Getty Images

Transfer bo‘yicha ishonchli insayder Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, kolumbiyalik hujumchi Jon Duran Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubidan "Benfika" safiga o‘tmoqda.

Tomonlar barcha asosiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishgan. Duran Portugaliya klubiga ijara asosida, keyinchalik to‘liq sotib olish huquqi bilan qo‘shiladi. Shuningdek, "Benfika" ushbu transfer uchun Yevropaning yana ikki Chempionlar ligasi ishtirokchisi bilan raqobatda g‘olib chiqqani aytilmoqda.

22 yoshli hujumchi 2025-yilda "Aston Villa"dan "Al-Nassr"ga ko‘chib o‘tgan edi. Biroq u Saudiya klubida o‘zini to‘liq namoyon qila olmadi va keyinchalik ijara asosida boshqa jamoalarda ham o‘ynadi. Endi esa Duran Yevropa futboliga qaytib, faoliyatini Portugaliya grandi safida tiklashga harakat qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting