Joey Barton yana olti oy qamoqda qolishi mumkin
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Joey Bartonning sud jarayoni 2027-yilga qoldirildi. 44 yoshli sobiq yarimhimoyachi golf klubi yaqinida bir kishiga og‘ir tan jarohati yetkazganlikda ayblanmoqda, biroq u o‘ziga qo‘yilgan aybni tan olmayapti.
Barton ustidan sud shu hafta boshlanishi kerak edi. Biroq Liverpul Qirollik sudi sudyasi Devid Potter ishni 2027-yil 8-martga ko‘chirdi. Shu sababli, agar unga garov evaziga ozodlik berilmasa, sobiq futbolchi yana qariyb olti oy hibsda qolishi mumkin.
Tergov versiyasiga ko‘ra, hodisa 8-mart kuni Huyton va Preskot golf klubida yuz bergan. Barton 51 yoshli Kevin Linchga og‘ir tan jarohati yetkazganlikda gumon qilinmoqda. Linchning ko‘zi jiddiy jarohatlangani aytilmoqda. Barton esa ayblovni rad etmoqda va ish bo‘yicha hali yakuniy sud hukmi chiqarilmagan.
Ma’lumot uchun, Barton futbolchilik faoliyatida “Manchester Siti”, “Nyukasl”, “Kvins Park Reynjers”, “Marsel”, “Byornli” va “Reynjers” klublarida to‘p surgan. U Angliya terma jamoasi safida birta uchrashuv o‘tkazgan va 2017-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.