locale OZ

Job Bellingem — \"Borussiya D\" futbolchisi (Romano)

U "asalariylar" bilan kelishuvga erishdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Job Bellingem — "Borussiya D" futbolchisi (Romano)
Photo: Getty Images

“Borussiya D” klubi Job Bellingem transferini hal qildi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Dortmund klubi “Sanderlend”ning 19 yoshli yarim himoyachisi uchun 33 million yevro to‘laydi. Yana 5 mln yevro bonuslar va futbolchining keyingi transferidan ingliz klubiga 15% ulush ham bor.

Shu tariqa, “Sanderlend” klubi o‘z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, “Borussiya”da katta Bellingem — Jud (2020-2023) ham o‘ynagan. Dortmund klubi uni 20 mln yevroga sotib olib, 2023 yilda 103 mln yevroga “Real”ga transfer qilgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting