Joau Pedro: «Men butun e’tiborimni ishlashga qaratganman»
Avvalroq braziliyalik futbolchi «Chelsi» bilan shartnomasini 2034 yilgacha uzaytirgandi.
ФОТО: Getty images
Braziliyalik hujumchi Joau Pedro Angliya Premer-ligasining yangi mavsumi boshlanishi oldidan jamoaning maqsadlari haqida fikr bildirdi.
«Buni hamma kutmoqda. Biz ko‘p narsaga erisha olishimizni bilamiz, chunki bizda ajoyib jamoa va avval ham g‘alaba qozongan hamda buni davom ettirishni istayotgan murabbiy bor.
Men butun e’tiborimni ishlashga qaratganman. Barchamiz tayyormiz va maqsadlarimizga erisha olishimizga umid qilaman», — dedi Pedro «Chelsi» matbuot xizmatiga.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq braziliyalik futbolchi «Chelsi» bilan shartnomasini 2034 yilgacha uzaytirgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist