locale OZ

Joau Palinya faoliyatini “Aston Villa”da davom ettirishi mumkin

Birmingem klubi Palinyani sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni istamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Joau Palinya faoliyatini “Aston Villa”da davom ettirishi mumkin
Foto: Getty Images

“Bavariya” yarim himoyachisi Joau Palinya faoliyatini yana Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, 31 yoshli portugaliyalik futbolchiga “Aston Villa” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Aston Villa” Palinya transferini imkon qadar tezroq yakunlab, bu kurashda “Nyukasl”ni ortda qoldirmoqchi. “Bavariya” rahbariyati esa futbolchiga yangi mavsum uchun rejalarida unga tayanmasligini ma’lum qilgan.

Birmingem klubi Palinyani sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni istamoqda. Biroq “Bavariya” futbolchini to‘liq transfer asosida sotishni afzal ko‘rmoqda. Ayni paytda “Aston Villa” portugaliyalik yarim himoyachini qo‘lga kiritish uchun “Nyukasl”ga qaraganda ko‘proq imkoniyatga ega ekani ta’kidlanmoqda.

O‘tgan mavsumni Palinya ijara asosida “Tottenhem” safida o‘tkazdi. U barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etdi. Endilikda portugaliyalik futbolchining navbatdagi manzili “Aston Villa” bo‘lishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting