Joau Nevesh XXI asrda Jahon chempionatlarida boshi bilan gol urgan eng past bo‘yli ikkinchi futbolchiga aylandi
Portugaliya terma jamoasi yarimhimoyachisi Joau Nevesh XXI asrda o‘tkazilgan Jahon chempionatlarida boshi bilan darvozani ishg‘ol etgan eng past bo‘yli ikkinchi futbolchi sifatida tarixga kirdi. Bu haqda Opta Sport statistik portali ma’lum qilmoqda.
Neveshning bo‘yi 174 santimetrni tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha joriy asrda faqatgina urugvaylik Jorjian de Arraskaeta undan pastroq natija qayd etgan — JChda boshi bilan gol urgan ushbu futbolchining bo‘yi 173 santimetrga teng bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu gol JCh-2026 «K» guruhi 1-turi doirasidagi Portugaliya va DR Kongo terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda (1:1) kiritildi. AQShning Hyuston shahridagi «NRG Stadium» arenasida kechgan va qatarlik hakam Abdulrahman Al-Jassim boshqarib borgan bahsda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashdi.
«K» guruhining 2-turida Portugaliya milliy terma jamoasi 23-iyun kuni O‘zbekiston vataniga qarshi maydonga tushsa, 3-turda Kolumbiya (28-iyun) bilan kuch sinashadi. Futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati bahslari 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.