Joau Mariu «Fiorentina»ga o'tishi mumkin
Mariu «Portu» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
ФОТО: Getty images
«Yuventus» himoyachisi Joau Mariu ijaraga asosida «Fiorentina» safiga qo'shilishi mumkin. Bu haqida jurnalist Janluka Di Marzio o'zining rasmiy saytida xabar berdi.
Manbaga ko'ra, tomonlar futbolchini keyinchalik 8–9 million yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga berish variantini faol muhokama qilmoqda. Portugaliyalik himoyachi joriy yilning fevral oyidan buyon «Bolonya» safida ijarada to'p surib kelayotgan edi.
26 yoshli Joau Mariu «Portu» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Transfermarkt portalining ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 8 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist