Joau Kanselu qachon “Barselona” bilan shartnoma imzolashi ma'lum bo'ldi
“Al-Hilol” himoyachisi Joau Kanseluning “Barselona”ga qaytishi yaqinlashmoqda. Jurnalist Jerar Romero ma’lumotiga ko‘ra, 32 yoshli portugaliyalik futbolchi 20-avgust, payshanba kuni Kataloniya klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Avvalroq “Barselona” va “Al-Hilol” transfer bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingandi. Bitim qiymati taxminan 10 million yevroni tashkil etishi mumkin. Kanselu ham Kataloniya klubiga qaytishni istayotgani haqida ochiq gapirgan.
Portugaliyalik himoyachi “Barselona” safida avval ham ikki marta ijara asosida to‘p surgan — 2023/24-yilgi mavsumda va 2026-yilda. U kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda jami 65 ta uchrashuv o‘tkazib, 6 ta gol va 9 ta golli uzatma qayd etgan.
Ma’lumot uchun, Kanselu “Al-Hilol”ga 2024-yilda “Manchester Siti”dan ko‘chib o‘tgan. Endilikda uning “Barselona”ga bu safargi transferi doimiy asosda amalga oshirilishi kutilmoqda.